Keyingi yillarda butun dunyoda odamlar sonining jadallik bilan oshib borishiga mos holda, ularning oziq-ovqat, jumladan ichimliklarga bo`lgan talabi ham ortib bormoqda. An`anaviy biotexnologik jarayonlar yutuqlaridan biri sifatida tayyorlanadigan vino ichimligi alkogolli ichimliklar orasida o`ziga xos o`ringa ega desak xato qilmagan bo`lamiz. Bir ko’rinishda ajablanarli tuyulsada, vino tayyorlash texnologiyasi nisbatan oddiyroq hisoblanadi. Bu jarayon 5000 yillar mobaynida deyarli o’zgarmadi. Taxmin qilishlaricha vino Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlarining ichimligi hisoblanadi, bu mintaqalarda tokning har xil navlari o’stiriladi. Bugungi kungacha vinochilik Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Moldova, Rossiya, Ukraina, Kavkaz orti mamlakatlari, hattoki Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy va boshqa mamlakatlarda ham keng rivojlangan [M.Mavloniy, 2006].
SIFATLI VINO MAHSULOTLARI TAYYORLASHDA BOSHLANG`ICH VINO ISHLAB CHIQARADIGAN HUDUDLARDAN OLINGAN ACHITQI HUJAYRALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
M.Djavatova (SamDU, Samarqand , O`zbekiston) | Download article