2-SINF “ATROFIMIZDAGI OLAM” DARSINI O‘QITISHDA INGLIZ TILIDAN FOYDALANISH USULLARI

  Mirzahmedov I.K., Mo‘minova G.G’. Namangan davlat universiteti |    Download article

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng mamlakatimiz ta’lim tizimida, xususan, boshlang’ich ta’limda keng qamrovli ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini noan’anaviy usulda o’qitish o’rnini integrallashgan shaxsga yo’naltirilgan yondashuvga asoslangan holda o’qitish egalladi. Bu yondashuv asosida o’qitish, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ya’ni atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, ona tili, o’qish, matematika va boshqa fanlarni integrallashgan holda olib borish zarurati yaratildi.