FORSIY LUG’ATLARDA TAORUF TUSHUNCHASINING IFODALANISHI

  Abduvahob Vohidov, Foziljon Shukurov (Самарканд, Узбекистон) |    Download article

Har bir xalqning madaniyatida o’zaro muomala qoidalari sifatida qabul qilingan o’ziga xos xushmuomalalik qoliplari mavjud bo’lib, bu qoliplar shaxsning boshqa kishi bilan munosabatga kirishi paytida ishlatiladi. Bunday qoliplarning sifati va miqdori har bir ma’lum madaniyatning qadriyatlariga bog’liq bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham ish-harakatlar, jumladan nutqiy ish-harakatlar barcha jamiyatlarda o’sha tarzda e’tirof etilgan universal axloq-odoblar hamda alohida madaniyatlarda shu tarzda e’tirof etilgan nouniversal axloq-odoblarga bo’linadi.