JISMONIY RIVOJLANISHDA AYRIM ZARURIY MODDALARNING AHAMIYATI

  M.A.Ismayilova (SamDU O‘zbekiston) |    Download article

Sog`lom avlodni tarbiyalash va uni rivojlanishida sortning o`rni benihoya kattadir. Hozirgi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Biz erishayotgan yutuqlarimizni yanada rivojlantirish va yanada yuksak marralarni zabt etishimiz uchun jismoniy tarbiya va sportning ayrim tibbiy-va biologik muammolarini o‘z vaqtida hal etib bormog‘imiz zarurdir. Bunday muammolardan biri bu –sportchilar organizmini jismoniy va ruhiy rivojlanishida to‘g‘ri ovqatlanish va ular iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar tarkibida mineral moddalarning me’yoriy holatini nazorat qilishdir. Makro- va mikroelementlarning yetishmasligi sportchilarda ham va oddiy insonlarda ham bir qator kasalliklarni rivojlanishiga sabab bo`lmoqda.