1854 yil angliyalik Charl'z Uinston bigrammalarni shifrlashning yangi metodini o ylab topdi va shu tariqa kriptografiya rivojiga oz hissasini qoshdi. U polibian shifrga oxshash bo’lgani uchun 'ikkilangan kvadrat' deb nomlanadi. Uinston shifri kriptografiya tarixida yangi bosqichni ochib berdi. Polibian shifridan farqli ravishda 'ikkilangan kvadrat' shifrlash usulida ikkita jadvaldan foydalanilgan. Bu jadvallar gorizontal joylashgan bo’lib, shifrlash Pleyfor shifri singari bigrammalar boyicha shifrlanadi. Murakkab bo’lmagan modifikatsiyalar orqali qo’lda shifrlash juda qulay bo’lib, kriptografiyada ishonchli yangi kriptografik tizimini dunyoga keltirdi. Bu usul juda ishonchli bo’lgani uchun undan Germaniyada hattoki ikkinchi jahon urushida ham foydalanilgan. Axborotni shifrlash uchun kirill alfaviti harflari ixtiyoriy joylashgan ikkita jadval olingan.
AXBOROTLARNI BLOKLI SHIFRLASH HAQIDA
Шерзоджон Рузалиев, Дилдора Исломова (Фергана, Узбекистан) | Download article