Yoshlar nutqida frazeoleksemalarni qo’llanishi

  Shuhratxon Imyaminova (Tashkent, O’zbekiston) |    Download article

O‘tgan asrning 30-yillariga kelib nemis tilshunosligida yoshlar leksikasi tushunchasi qo`llanila boshlandi. Sotsiolingvistik tadqiqotlarda yoshlar leksikasi bir qancha yo`nalishlarda tadqiq qilinadi. Hozirgi paytda yoshlar leksikasiga zamonaviy tilning yangi hodisasi sifatida qaraladi. Ammo qadimgi davrda ham yoshlarning o‘z til uslublari bo`lganligi hamda o‘sha davrlarda yashagan yoshi kattalar va yoshlar qo‘llaydigan til o‘rtasida sezilarli farqlar bo‘lganligi ko‘pchilikka ma'lum emas. Yoshlar leksikasini tarixiy jihatdan tadqiq etishda biz Germaniyadagi hozirgi yoshlar tilining ilk shakllari sifatida mashhur bo`lgan tarixiy talabalar tiliga oid qadimgi lug‘atlar va hujjatlarga duch kelamiz [1, c. 37]. Bu hujjatlar, lug‘atlar va yozishmalar o‘zida o‘sha davr yoshlarinig til uslubi, hayot tarzi, bilim darajasi hamda sotsial o‘rni, qadr-qimmatini aks ettiradi.