OILADA SOG’LOM TURMUSH TARZINI AMALGA OSHIRISH

  Sherzod Usanov, Sadriddin Nasimov (Samarqand, O’zbekiston) |    Download article

Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir. Oilani moddiy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlantirmay jamiyatni, mamlakatni ijtimoiy rivojlantirish mushkul. Oilada sog’lom turmush tarzini tashkil qilish oila xayotining dolzarb vazifalardan biri. Sog’lom turmush deganda oila azolarining ma’lum rejim asosida meyorida ekologik sifatli tanavvullanib, jismoniy chiniqishi, sihat- salomatligi taminlanib, oilaning moddiy imkoniyatini oshirib, uzoq umr ko’rib munosib hayot kechirishi deb tushunish mumkin. Oilada sog’lom turmushni amalga oshirish ota onalar zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi 64-moddasida «Ota-onalar o’z bolalarini boqish va tarbiyalashga majburdirlar» -deb belgilangan.