MATEMATIKANI O’QITISHDA MODELLARDAN FOYDALANISH

  G.A. Qayumova, E.O. Tufliyev (Karshi, Uzbekistan) |    Download article

Ta’lim sohasiga ta’sir etuvchi jamiyatdagi asosiy o’zgarishlar – jamiyat va axborotlashtirish jarayonlarining juda tez sur’atlarda rivojlanishidir. Hozirda oliy maktabda ta’lim olayotgan yoshlar mehnat faoliyatini tahminan 2060 – 2080 yillargacha davom ettirish mumkin. XXI asrning ikkinchi yarmi qanday bo’lishini tasavvur qilish qiyin. Shunday ekan oliy ta’lim muassasalarida talabalarni shunday tayyorlash kerakki, ular raqobatbardosh, faol o’z faoliyati davomida uchraydigan muommolarini hal qila oladigan va hayotda uchraydigan to’siqlarni oson yengib o’tadigan bo’lishi kerak.