EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKANI O’QITISHDA MUOMMALI TA’LIMDAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  G. A.Qayumova (Karshi, Uzbekistan) |    Download article

Tez sur’atlarda rivojlanayotgan jamiyat hayoti, turli tashqi informatsion ta’sirlar ba’zi yoshlarni kitob o’qishdan, dars qilishdan chalg’itmoqda. Bu shoroitlarda oliy ta’lim sistemasida ishlayotgan professor–o’qituvchilar oldida qator vazifalar yuklanadi. Ya’ni olib boriladigan darslarni imkon darajada qiziqarli, hayotiy, ilg’or informatsion texnalogiyalarni qo’llagan holda, talabalarga yanada e’tiborliroq bo\lishning turli usullarini darsga joriy etgan holda faoliyat ko’rsatish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Talabalarda matematik madaniyatni oshirish, ularni bu fanga bo’lgan qiziqishini ko’chaytirish, matematika fanidan olgan bilim, ko’nikma va malakalarining sifatini yaxshilashda muommoli ta’limdan foydalanish yaxshi samara beradi.