Onomastik tizimdagi variantdorlik hodisasiga yaqin turuvchi lisoniy vositalardan biri tilshunoslikda «paralellar» deb yuritilayotgan tushunchadir. Ushbu masalaga to‘xtalishdan oldin paralel tushunchasiga qisqacha izoh berishni lozim ko‘ramiz. Ushbu so‘z lotincha parallilos – yonma-yon boruvchi ma’nosini ifodalaydi. Ushbu tushuncha tilshunoslikda, geometriya va geografiyada ham mavjud bo‘lib, tilshunoslikda bu hodisa tagida bir xil qurilishga ega bo‘lgan gaplar, sintagmalar tushuniladi [3,С.343]. Ushbu tushunchaning eng keng tarqalgan ta’rifi geometriyaga xos bo‘lib, unga ko‘ra parallel chiziqlar: «bir tekislikda yotib, lekin kesishmaydigan to‘g‘ri chiziqlar»dir
ANTROPONIMIK VARIANDORLIK VA ONOMASTIK PARALLELLAR
Olima O‘rinova (Karshi, Uzbekistan) | Download article