MARKAZIY OSIYONING ARABLAR TOMONIDAN ISTILO ETILISHI TARIXIGA DOIR BA’ZI MULOHAZALAR (VIII ASRGA QADAR AMALGA OSHIRILGAN DASTLABKI HARBIY YURISHLAR TARIXI BO‘YICHA)

  Shohmalik Poyonov (Toshkent, O‘zbekiston) |    Download article

Markaziy Osiyo xalqlari tarixida VII-IX asrlar tarixi alohida o‘rin egallaydi. Chunki, ushbu davr mintaqa xalqlari hayotining barcha jabhalarida – xoh u siyosiy-iqtisodiy bo‘lsin, yoinki, ijtimoiy-madaniy bo‘lsin, yangi tub burilish va o‘zgarishlarni qamragan davr bo‘lgan va bu jarayon mahalliy xalqlarning keyingi tarixiy taraqqiyot yo‘lida o‘ziga xos omil bo‘lib xizmat qilgan. Markaziy Osiyoda amalga oshirilgan arab istilolari turkiy xalqlarning orasida islom dinining yoyilishiga hamda musulmon madaniyatining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon ham islom, ham dunyo tarixini o‘zgartirib, yangi bir era – davr boshlanishiga olib keldi [8, b. 35].