Dunyoda o`z farzandlarining kamolini, baxt-iqbolini istamagan xalq bo`lmasa kerak. Albatta, ertangi istiqbolini o`ylagan millat yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Quvonarlisi, bu masala yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Yosh avlodning har jihatdan barkamol ulg`ayishi uchun barcha sharoit muhayyo. Yana, ayni tarbiya borasida oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi tizimi ham joriy etildiki, bu ta’lim-tarbiyaga qat’iy hamkorlik zarurligini anglatadi. Joriy etilgan tizim qadriyatlarimizga asoslangan. Chunki, oila tarbiyasi, maktab, mahalla tarbiyasi bizlarda bugungina paydo bo`lgan tushunchalar emas. Bu o`rinda “Bir bolaga yeti mahalla ota-ona” maqolini eslash joiz. To`g`ri, hamkorlik tizimi hamma joyda izchil ishga tushdi, deb ayta olmaymiz. Undan tashqari ma’naviy-axloqiy tarbiya borasida salmoqliroq mas’uliyat baribir o`qituvchilar zimmasiga tushadi. Shuning uchun hamkorlikni talab etish ham avvalo, o`qituvchi, murabbiylarning vazifasi.
TARBIYAGA HAMKORLIK ZARUR
Dilafro‘z Muminova, Matluba Azizova (Namangan, O'zbekiston) | Download article