SOMONIYLAR DAVLATIDA MADANIY HAYOT VA DIN

  Шовкат Кенжаев (Гулистан, Узбекистан) |    Download article

IX—XI asr boshlaridan Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat aholisining madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi. Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi bo‘lgan islom dini tili edi. Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga boy Ajam va Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining qo‘pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi.