TABIATSHUNOSLIK O’QITISHNING KO’RGAZMALI METODLARI

  Gulchehra Karimova |    Download article

O’quv jarayonida ko’rgazmali metoddan foydalanish, bilimlarni puxta o’zlashtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik printsipi bilan bog’langanda yanada kengayadi va takomillashadi. Ko’rgazmali metodning vazifasi o’quv jarayonida o’quvchilar qarab turib, predmetlarni kuzatib va idrok qilib, sezgi organlari yordamida jism yo jarayonlar haqida ma’lum axborotga ega bo’ladilar, ularni taqqoslash va farqiy belgilarini topish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan bilimlar shakllanadi, keyinchalik so’zlar, ko’rsatish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi va ularning bilim doirasi yanada kengaytiriladi. Ko’rgazmali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo’llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo’yiladi. Bu jarayonda o’quv filmlaridan, diafilm va diapazitivlarning axborot matnlari yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo’lib izmat qiladi. Har qanday holatda ham ko’rgazma vositalar qo’llanilganda bolalarning faol idrok etishlari va fikrlashlari ko’zda tutiladi, shuning uchun ham ular oldida aniq bilish vazifasi qo’yiladi. Unda jismlar va jarayonlarni kuzatish, qarab chiqish va namoyon bo’lgan borliq va jarayonlarni o’rgatish ko’rsatilishi lozim.