PLASTIK KARTOCHKALAR TO’LOV TIZIMINING MUHIM ELEMENTI

  M.Yu. Jumaniyozova, Furqat Teshayev, San’at Ramazonov (Toshkent, O`zbekiston) |    Download article

Bugun biz XXI asr – zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar asrida yashayapmiz.Hozirda biror to’lovni amalga oshirish uchun naqd pullarni ko’tarib yurish shart emas. Plastik kartochka orqali deyarli barcha xaridlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bugun bank plastik kartochkalari naqd pul o’rnini egallagan holda, hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. O’zbekistonda plastik kartochkalar bozori endigina rivojlanish bosqichiga chiqqan bo’lsa-da, hozirda respublikamizda har besh odamning birida plastik karochka mavjud (dunyoda plastik kartochkalardan bir milliarddan ziyod odamlar foydalanishyapti). Ushbu bozorga 1994-yil 16-mayda “Vazirlar Mahkamasi”sining “Viza” debet va kredit kartochkalarni muomalaga chiqarishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori bilan asos solingan edi.