EKOLOGIK MADANIYAT – TABIAT HIMOYASI UCHUN POYDEVOR

  Mehribon Rahimova, N. Xabibullayeva (Namangan, Uzbekistan) |    Download article

Yurtimiz kelajagi yosh avlodlar qo`lida ekan, ularni har tomonlama yetuk, insonparvar, jamiyat va tabiat oldida mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalash eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir. Mustaqilligimiz e’lon qilinganidan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida xalqimiz va davlatimiz tarixida katta ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. Ko’p asrlik beqiyos ma’naviy merosimiz tarixi madaniyatimiz din-tilimiz qayta qad rostladi. Barcha turdagi ta’lim muassasalarida yoshlarimiz qalbida milliy iftixor, ekologik madaniyatni tarkib toptirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Bu borada ayniqsa boshlang’ich sinflarda o’qiyotgan tabiatshunoslik fanining imkoniyati beqiyosdir. Chunki vatanimizning boy tabiati, hilma-xil yerosti va yerusti boyliklari, xalqimiz olib borayotgan bunyodkorlik ishlari, yer shari aholisi orasidagi o’zbek xalqining obro’si, e’tiborini ortib borayotganligi o’quvchilarda milliy iftixor xissini tarkib toptiruvchi, ta’minlovchi vositalar hisoblanadi.