XIVA XONLIGIGA QARSHI ROSSIYANI HARBIY HARAKATLARNING BOSHLANISHI

  Fahriddin Abdulboqiev (NamDU) |    Download article

Rossiya Buxoro va Qo‘kon xonliklari ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatgandan so‘ng asosiy e’tiborni Xiva xonligiga qaratdi.Rossiya harbiylari Buxoro va Qo‘kon xonliklaridagi g‘alabalaridan ruxlanib, hukumatni Xiva xonligiga hujum qilishga unday boshladilar. Bu borada ayniqsa, Turkiston general-gubernatori fon Kaufman faol harakat qildi. Diplomatik yo‘l bilan Xiva xonligini bo‘ysindirishga erisha olmagan fon Kaufman Rossiya harbiy vaziriga yo‘llagan maktubida xonlikka qarshi harbiy yurish boshlashga undab shunday yozadi: “Xiva xoni bizdan qo‘rqmayotgani aniq, unga Buxoro amirligi bilan Qo‘kon xonligining mag‘lubiyatga uchragani ta’sir qilmadi. Xon davlati hududiga bizning qurolimizni yetib kelmaydi deb hisoblaydi. Ertami-kechmi qaysar xonga xech qanday daryo, masofa bizning qudratli armiyamizni to‘xtata olmasligini ko‘rsatib qo‘yish lozim. Buxoro xonligi orqali olingan Xiva xonligiga oid so‘nggi xabarlar bu xonlik bilan bo‘ladigan harbiy to‘qnashuvdan qochib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda”.